13-Mart, 2026-yil

Farmasevtika sohasida nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasi oshirildi

Bugun, 13-mart kuni Biznes-ombudsman devoni tomonidan «Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasining tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan xodimlari uchun maxsus malaka oshirish kursi tashkil etildi.


Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi – dori vositalari va tibbiy buyumlar aylanmasi ustidan davlat nazoratini o‘rnatishda tadbirkorlarning huquqiy kafolatlarini ta’minlash hamda tizimda shaffoflikni kuchaytirishdan iborat.


Tadbir davomida farmasevtika bozorida sog‘lom raqobat muhitini asrash va biznes subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Mashg‘ulotlar davomida mutaxassislarning «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi orqali tekshiruvlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘nikmalari mustahkamlandi.


Shuningdek, nazorat tadbirlarini faqatgina qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda o‘tkazish va tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mas’uliyatlari tushuntirildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение