12-Mart, 2026-yil

Qumqo‘rg‘on tumanida fermerlar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Joriy yilning 25-fevralidan 25-martiga qadar Biznes-ombudsman tomonidan respublikamizning barcha hududlarida fermerlar huquqlarini himoya qilish hamda ularning taklif va muammolarini o‘rganishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Mazkur tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida ham fermerlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda Biznes-omudsman devoni yetakchi inspektorlari Shavkat Yaxshiqulov va Xurshid Erniyozov, tuman hokimi o‘rinbosari Omonqul Shernazarov, shuningdek, 25 nafardan ziyod fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etdilar.


Sayyor qabul davomida fermerlar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning har biri atroflicha muhokama qilindi.


Tadbir yakunida tadbirkor va fermerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, mavjud masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение