10-Mart, 2026-yil

Dala ishlari to‘xtab qolmaydi: fermerning huquqlari tiklandi


Fermer xo‘jaliklari va banklar o‘rtasida tuzilgan shartnoma majburiyatlarining ijrosi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda muhim omil hisoblanadi. Biznes-ombudsman devoni fermerlarning shartnomaviy huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etmoqda.


Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “D.Sh.” fermer xo‘jaligi paxta yetishtirish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, “Agrobank” ATB Denov filiali va fermer o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, 2026-yilgi paxta hosili uchun 128 mln so‘m kredit ajratilishi belgilangan bo‘lsa-da, mablag‘ni ajratish kechiktirilgan.


Biznes-ombudsman aralashuvi natijasida shartnoma shartlarining ijrosi ta’minlanishi nazoratga olindi. Natijada, fermerga 36 mln so‘m miqdoridagi dastlabki mablag‘ o‘tkazib berildi. Qolgan mablag‘lar shartnoma shartlariga muvofiq, agrotexnik tadbirlar asosida oyma-oy moliyalashtirilishi belgilandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение