7-Mart, 2026-yil

Biznes-ombudsman ko‘magida tadbirkorga 178 mln so‘m undirib berildi


Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “I.A.T.D.” MChJ rahbari Biznes-ombudsmanga murojaat qilib, Jizzax shahar tibbiyot birlashmasi bilan bog‘liq muammoga duch kelganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, tadbirkor va tibbiyot birlashmasi o‘rtasida davlat xaridlari platformasi orqali choyshablar to‘plamini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Biroq, mahsulot tayyor bo‘lishiga qaramay, buyurtmachi tomonidan tovarni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish jarayoni kechiktirilgan.

Murojaat Biznes-ombudsman devoni va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘rganildi. 

Ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan choyshablar to‘plami tibbiyot birlashmasi tomonidan qabul qilinishi va 178 mln so‘m o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение