5-Mart, 2026-yil

“Yoshlar kuni” doirasida Biznes-ombudsman devoni bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi


Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda har payshanba kuni barcha vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilangan.


Shu munosabat bilan bugun, 5-mart kuni Biznes-ombudsman devonida Yoshlar parlamenti a’zolari va faollari bilan uchrashuv hamda ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.


Uchrashuvda Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev va Yoshlar parlamenti raisi Otabekxo‘ja Sobitov ishtirok etib, yosh tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda sohadagi to‘siqlarni bartaraf etish masalalarini muhokama qildilar.


Ushbu tashrif yoshlar uchun nafaqat muloqot, balki Biznes-ombudsman devoni faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.


Tadbir davomida yoshlar uchun Biznes-ombudsman devoni bo‘ylab maxsus ekskursiya tashkil etildi.


Bu ishtirokchilarga devondagi har bir shu‘baning ish jarayoni bilan bevosita tanishish imkonini berdi.


Tadbir doirasida Biznes-ombudsman faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.


Mutaxassislar yoshlarga har bir bo‘limning ish o‘ziga xosligi va sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdilar.


Samimiy ruhda o‘tgan tadbirda yoshlar tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilgan qator istiqbolli takliflar ilgari surildi.


Xususan, yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni bitta joyga birlashtirish imkonini beruvchi yagona platforma yaratish, kutubxona faoliyatini tashkil qilish niyatidagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar berish, mahalla kesimida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha aniq tashabbuslar bildirildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение