4-Mart, 2026-yil

Biznes-ombudsman jamoasiga eng munosiblar saralanmoqda


Xabaringiz bor, Biznes-ombudsman devoni tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati hududiy shu’balaridagi yetakchi inspektor lavozimlari uchun tanlov e’lon qilingan edi. (https://t.me/biznes_ombudsman/10813)


Bugungi kunda mazkur vakant o‘rinlarga bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lib, jami 250 dan ziyod nomzodlardan arizalar kelib tushdi. Nomzodlardan huquqshunoslik yoki iqtisod sohasida oliy ma’lumot, shuningdek, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish yoki davlat boshqaruvi sohasida kamida 5 yillik tajriba talab etildi.


Saralash jarayonining shaffofligini ta’minlash, inson omilini istisno etish, har bir nomzodning haqiqiy bilim va salohiyatini xolis baholash maqsadida suhbat bosqichida savollar generatsiya orqali tasodifiy tanlab olindi. 


Ko‘p bosqichli saralash va ochiq muloqot asosida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilishga tayyor bo‘lgan eng munosib nomzodlar ishga tavsiya etildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение