2-Mart, 2026-yil

Tadbirkorning 1,2 mlrd so‘mlik «noreal» qarzdorligi bartaraf etildi


Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “I.K.X.T.” MChJ rahbari elektr tarmoqlari korxonasi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, Guliston shahridagi 37 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi ushbu BSKga tegishli elektr hisoblagich faqat lift va yo‘laklar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. Biroq, texnik xatoliklar sababli ushbu hisoblagichga xonadonlar ham ulanib qolgan. Oqibatda tadbirkor zimmasiga 1,2 mlrd so‘mlik asossiz (noreal) qarzdorlik yuklatilgan. Xonadonlar hisoblagichlarini alohida ajratishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.


Biznes-ombudsman devoni so‘roviga asosan, “Energosavdo” filiali tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Natijada barcha ko‘p qavatli uylarga yangi zamonaviy ASKUE tizimidagi hisoblagichlar o‘rnatilib, noto‘g‘ri hisoblangan elektr energiyasi bo‘yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi. Mavjud kamchiliklar to‘liq bartaraf etilib, tadbirkorning huquqlari tiklandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение