27-Fevral, 2026-yil

6,2 mlrd so‘mlik nizo: Biznes-ombudsman sudda tadbirkor manfaatini himoya qildi


Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “T.L.” MChJ rahbari qarzdorlikni undirishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, tadbirkorlik subyekti va O‘zyo‘lko‘prik klasteri davlat muassasasi Jizzax filiali o‘rtasida asfalt va bitum emulsiyasi mahsulotlarini yetkazib berish hamda transport xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar imzolangan. Biroq, shartnomalarga asosan tadbirkor tomonidan yetkazib berilgan tovar (mahsulot)lar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan muddatda to‘lov amalga oshirilmagan.


Fuqarolik kodeksining 234, 236, 330, 333, 437, 449, 703, 705-moddalariga ko‘ra, sotib oluvchi yetkazib berilgan tovarlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar haqini belgilangan muddatlarda to‘lashi majburiyligi belgilab qo‘yilgan.


Nizoni sudgacha hal etish choralari natija bermagach, Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlik subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritildi. Natijada, sud qaroriga asosan 6,2 mlrd so‘m asosiy qarzdorlik va 90 mln so‘m penya undirilishi belgilandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение