26-Fevral, 2026-yil

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi


Bugun, 26-fevral kuni Biznes-ombudsman devoni tomonidan O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lgan xodimlarining malakasini oshirish kursi tashkil etildi.


Mazkur o‘quv kursining asosiy diqqat markazida kripto-aktivlar aylanmasi va kapital bozori sohasida nazorat tadbirlarini amalga oshirishda qonun ustuvorligini ta’minlash hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish masalalari turdi. Zero, raqamli iqtisodiyot sohasida shaffof nazorat tizimining yo‘lga qo‘yilishi investitsiya muhiti barqarorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.


Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari ijrosini ta’minlash doirasida nazorat qiluvchi organ xodimlarining huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirishga alohida urg‘u berildi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarga tekshirishlarni «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda nazorat tadbirlarini o‘tkazishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.



Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение