26-Fevral, 2026-yil

Farmasevtika sohasidagi muammolar tahlil qilindi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar (dorixonalar) faoliyatida vujudga kelayotgan masalalar o‘rganildi.

 

O‘rganish natijasida tadbirkorlar tomonidan ularning faoliyatiga salbiy ta’sir qilayotgan va takomillashtirilishi lozim bo‘lgan bir qator masalalar ko'tarildi. Xususan:

 

– sertifikatlashtirish jarayonida ortiqcha mablag‘lar undirilishi;

 

 – tadbirkorlar faoliyatida ortiqcha nazorat tadbirlari o‘tkazilishi;

 

– tibbiyot muassasalari va dorixonalarning majburiy yoritish moslamalari, peshlavha va majburiy belgilarni joylashtirishdagi to‘siqlar;

 

– muvofiqlikni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning akrreditatsiyadan o‘tmaganligi va bir-birini takrorlovchi funksiyalari mavjudligi kabi turli masalalar bugungi kunda dolzarb bo‘lib kelmoqda.

 

Mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan xorij tajribasini puxta o‘rgangan holda takliflar ishlab chiqilib, vakolatli organlarga kiritilishi ta’minlandi.

 

Tadbirkorlardan farmasevtika sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini @biznesombudsman_bot orqali Biznes-ombudsmanga yuborishni so‘raymiz.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение