24-Fevral, 2026-yil

Qurilishga asossiz to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi


Biznes-ombudsmanning shaxsiy qabulida Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkor murojaat qilib, ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun barcha vakolatli idoralardan tegishli xulosalar olingan bo‘lsa-da, tuman qurilish bo‘limi ruxsat bermayotganini ma’lum qildi.


Murojaatni o‘rganish davomida tadbirkorning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborgan arizasi tuman arxitektori tomonidan hech qanday qonuniy asoslarsiz rad etilgani, rad etish jarayonida ma’muriy reglament talablariga rioya qilinmagani, qonunchilikda ko‘zda tutilmagan talablarni tadbirkor zimmasiga yuklash holatlari kuzatildi.


Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan mutasaddi mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shu bilan birga, arizani qonun talablari asosida qayta ko‘rib chiqish yuzasidan majburiy ko‘rsatma berildi.


Ko‘rilgan choralar natijasida tadbirkorga tegishli bo‘lgan ob’ektda qurilish ishlarini boshlash uchun zarur ruxsatnoma to‘liq rasmiylashtirib berildi. Tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение