23-Fevral, 2026-yil

Xorijiy korxona faoliyati to‘xtab qoldi: asossiz taqiqlar Biznes-ombudsman aralashuvi bilan yechildi


Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “B.H.D.” MChJ shaklidagi xorijiy korxona hisob raqamiga asossiz taqiq qo'yilganligi sababli faoliyati to‘xtab qolganligidan shikoyat qilib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra, jamiyatdan Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi foydasiga 15 mln so‘m sud xarajati undirilishi belgilangan.


Tadbirkor ushbu mablag‘ni ijro ishi qo‘zg‘atilmasdan ancha oldin ixtiyoriy ravishda to‘lab bergan. Biroq, MIB Bektemir tuman bo‘limi oradan 3 oy o‘tib ijro ishi qo‘zg‘atgan va o‘sha kunning o‘zida jamiyatning bank hisob raqamlariga taqiq qo‘ygan.


Tadbirkor to‘lov amalga oshirilganini tasdiqlovchi bank kvitansiyasini taqdim etsa-da, davlat ijrochisi qonunchilikda ko‘zda tutilmagan talabni qo‘yib, undiruvchidan qo‘shimcha tasdiqlovchi xat olib kelishni talab qilgan. Bu esa korxonaning moliyaviy faoliyati cheklanishiga va ish jarayonining to‘xtashiga sabab bo‘lgan.


Biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida davlat ijrochisi tomonidan qo‘yilgan barcha noqonuniy taqiqlar yechildi va ijro ishi qonunchilikka asosan tamomlandi. Ijro ishi doirasida jamiyat hisob raqamidan nohaq undirilgan ijro yig‘imi tadbirkorga qaytarildi. Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение