18-Fevral, 2026-yil

Sayxunobodda fermerning muammosi hal etildi


Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi "J." fermer xo‘jaligi rahbari sho‘rlanishi yuqori bo‘lgan yer maydoniga sholi ekini ekishga ruxsat berilishida amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, fermer xo‘jaligining ixtiyorida bo‘lgan 44,16 gektar yer maydonining bir qismida sho‘rlanish darajasi yuqoriligi va tuproqning qumloqligi sababli g‘alla maydonlari zarar ko‘rgan. Aniqrog‘i, oldingi yilgi hosil uchun ekilgan g‘allaning 2 gektari noqulay tabiiy sharoit tufayli kuyib, nobud bo‘lgan. 


Biznes-ombudsman so‘roviga ko‘ra, Sayxunobod tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari bilan birgalikda hudud o‘rganildi. Ko‘rilgan choralar natijasida fermer xo‘jaligining yer xaritasi tuproq tarkibiga mos ravishda qayta ko‘rib chiqildi. G‘alla maydoni 15 gektar etib belgilandi. Sho‘rlanish va qumloq yer maydonlarini inobatga olib, sholi ekiladigan maydon 29,2 gektarga qadar kengaytirildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение