17-Fevral, 2026-yil

Xorijiy korxonaga noto‘g‘ri hisoblangan 273 mln so‘m elektr qarzdorligi hisobdan chiqarildi


Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Q.L.” MCHJ shaklidagi xorijiy korxona foydalanilmagan elektr energiyasi uchun hisoblangan qarzdorlik va penyani hisobdan chiqarishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Mazkur masala avvalroq sud tartibida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa-da, mavjud ma’lumotlar asosida da’vo talablari qanoatlantirilmasdan qoldirilgan edi.


Xorijiy korxonaning murojaatiga asosan Biznes-ombudsman tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo viloyati filialining xorijiy korxonaga nisbatan hisoblagan 443 mln so‘m qarzdorlik haqqoniyligi o‘rganildi.


“Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga ko‘ra, reaktiv energiyaning har bir hisobot davri uchun iqtisodiy qiymati, shartnomada ko‘rsatilgan va belgilangan tartibda aniqlanadigan quvvat koeffitsiyentining optimal miqdori hisobga olinib, ushbu davr uchun aktiv energiyaning shartnomadagi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanishi va iste’molchilarning (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach, qarz to‘lov muddati o‘tgan hisoblanadi va to‘lov muddati o‘tgan har bir kun uchun to‘lov muddati o‘tgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati o‘tgan to‘lov summasining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda penya hisoblanishi belgilangan.


Biroq, o‘rganish natijasida ta’minotchi korxona tomonidan ushbu qoidalarga to‘liq rioya qilinmaganligi, ya’ni reaktiv energiya hajmi noto‘g‘ri koeffitsiyentlar asosida hisoblanganligi aniqlandi. Natijada, asossiz hisoblangan 214 mln so‘mlik reaktiv energiya hamda 59 mln so‘m penya xorijiy korxona hisobidan chiqarildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение