16-Fevral, 2026-yil

Tadbirkor tomonidan yaratilgan kavrak plantatsiyasi reyestrga kiritildi


Biznes-ombudsman devoni tadbirkorlarning mulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan birga, ularning faoliyatidagi toʻsiqlarni bartaraf etishda ham faol koʻmak bermoqda.


Aniqlanishicha, «V.F.F» MCHJ tomonidan barpo etilgan tojik kavragi plantatsiyasini ekologik reyestrga kiritish masalasi kechiktirilayotgan edi. Sobiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (hozirda – qo'mita) dastlab plantatsiya maydoni boʻyicha maʼlumotlar Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori talablariga mos kelmasligini vaj qilib, murojaatni rad etgan. Ya'ni tadbirkorning yerga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari qisman mavjud bo'lsa-da, yo'q deya baholangan.


Biznes-ombudsman devoni aralashuvi va tegishli tashkilot bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida tadbirkorning 3,5 gektar yer maydonida ekilgan kavrak plantatsiyasi amaldagi qonunchilik talablariga toʻliq javob berishi tasdiqlandi.


Amaliy yordam natijasida mazkur plantatsiya ekologik reyestrga kiritildi. Bu esa tadbirkorga oʻz faoliyatini qonuniy davom ettirish hamda kelgusida yetishtirilgan mahsulotni chet elga eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va hujjatlarni rasmiylashtirishga zamin yaratadi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение