
Bugun, 12-fevral kuni Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev Andijon viloyatida bo‘lib, hududning sanoat va xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida Shahrixon tumanidagi “MARWA IMPEX” MCHJning to‘qimachilik majmuasi, Oltinko‘l tumanidagi “Andijon Mebel Markazi” hamda Sadda mahallasida tashkil etilayotgan 10,1 gektarli “Charm poyabzal” sanoat zonasi loyihalari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif doirasida tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilinib, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritishdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.






