12-Fevral, 2026-yil

RASMIY MUNOSABAT

So‘nggi vaqtlarda yirik savdo va ko‘ngilochar maskanlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayonda ayrim obyektlar faoliyati aniqlangan kamchiliklar sababli vaqtincha to‘xtatilayotgani kuzatilmoqda.


Biznes-ombudsman nazorat qiluvchi organlarni tadbirkorlar huquqlarini hurmat qilishga hamda har qanday cheklov choralarini faqat qonun doirasida, inson hayotiga xavf darajasini to‘g‘ri baholagan holda va asoslantirilgan tarzda qo‘llashga chaqiradi.


O‘z navbatida, tadbirkorlardan o‘z obyektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishlarini so‘rab qolamiz. 


 Tadbirkorlar Govcontrol.uz portalidagi cheklistlar orqali o‘z faoliyatidagi majburiyatlar va tekshiruv mezonlari bilan oldindan tanishishlari, shuningdek, nazorat tadbirlaridan farqli o‘laroq, mavjud kamchiliklarni mustaqil bartaraf etish imkoniyatiga egadirlar.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение