10-Fevral, 2026-yil

OG‘ZAKI KO‘RSATMA BILAN TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TO‘XTATISH MUMKINMI?


Biznes-FM loyihasining navbatdagi soni! Tadbirkorlarni qiynayotgan muhim savollarga 1 daqiqa ichida javob beramiz.


OG‘ZAKI KO‘RSATMA BILAN TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TO‘XTATISH MUMKINMI?


Savol:


«Hokimiyat yoki nazorat organi “og‘zaki ko‘rsatma” bilan ishni to‘xtatishni talab qildi. Yozma qarorsiz faoliyatni to‘xtatishga majburlash mumkinmi?»


 Savolga Biznes-ombudsman bosh inspektori Farhod Ahmedov javob berdi.


YO‘Q, MUMKIN EMAS.


 Mahalliy hokimiyat yoki nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatishni og‘zaki ko‘rsatma bilan talab qilishga haqli emas.


 Chunki tadbirkorning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklovchi har qanday ma’muriy qaror yozma shaklda asoslangan huquqiy normalarga tayangan holda qabul qilinishi shart.


 Shu bilan birga, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati faqat Qonunda nazarda tutilgan asoslar va tartibda cheklanishi mumkin.


 Agar nazorat qiluvchi organ yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyati qonunga zid ravishda to‘xtatilsa, ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение