10-Fevral, 2026-yil

Kredit to‘lansa-da, garov yechilmayotgan edi: Biznes-ombudsman yordami bilan muammo hal etildi


Biznes-ombudsman tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi shaxsiy qabulda Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “D.A.” MCHJ rahbari bank bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat qildi. 


Aniqlanishicha, jamiyat tomonidan Xitoydan tibbiy asbob-uskunalar xarid qilish uchun olingan 62 mln rubl miqdordagi kreditning yarmidan ko‘pi, ya’ni 32 mln rubli muddatidan oldin so‘ndirilgan.


Amaldagi tartibga ko‘ra, tadbirkor kreditning qaytarilgan qismiga mos ravishda garovdagi mulklarini taqiqdan chiqarishni so‘rab “O‘zmilliybank” AJ Sirdaryo viloyat boshqarmasiga murojaat qilgan. Biroq, bank tomonidan 5 oy mobaynida taqiqdan chiqarib berilmagan.


Murojaat Biznes-ombudsman tomonidan alohida nazoratga olinib, bankning boshqaruv tizimi va kredit qo‘mitasi bilan tezkor muzokaralar olib borildi. Natijada qiymati 2,7 mln rubl deb baholangan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi” binosi hamda qiymati 1,75 mln rubl bo‘lgan “Avtomobillarni yuvish binosi” garov taqiqidan chiqarildi.


Bundan amaliy yordam tadbirkorga o‘z mulklaridan erkin foydalanish va faoliyatini yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilish imkonini berdi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение