9-Fevral, 2026-yil

Hududlarda sayyor qabullar davom etmoqda


Biznes-ombudsman devoni tomonidan hududlarda tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida tizimli ravishda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.


Jumladan, Forish tumanida Prezidentning PF-229-sonli Farmoni ijrosi doirasida o‘tgan muloqotda 40 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi. Yakunda 20 nafar tadbirkorning muammosini hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.


Sirdaryo tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 50 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi. Murojaatlarning 13 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 7 ta masala Biznes-ombudsman nazoratiga olindi.


Koson tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda sanoat korxonalari va tadbirkorlarning takliflari tinglandi. Tuman darajasidagi masalalar shu yerning o‘zida hal etildi, viloyat va respublika miqyosidagi muammolar esa qonuniy yechim topish uchun o‘rganishga qabul qilindi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение