9-Fevral, 2026-yil

Yangi maqsadlar va jipslashgan jamoa


Joriy yilning 7-8-fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Biznes-ombudsman devoni xodimlari uchun strategik rivojlanish va jamoani jipslashtirishga qaratilgan ikki kunlik timbilding bo‘lib o‘tdi.


Tadbir xodimlarning qonunchilik tahlili, tekshiruvlar qonuniyligini nazorat qilish, tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash, ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda OAV bilan samarali muloqot qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.


Intellektual mashg‘ulotlar bilan bir qatorda, jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida xodimlar o‘rtasida futbol va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Qizg‘in bahslar va do‘stona muhit xodimlarning o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.


Ushbu tadbirlar jamoa uchun tajriba almashish, hamkorlikni kuchaytirish va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida yangi maqsadlarni belgilab olish uchun muhim maydon bo‘ldi.



Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение