
Bugun, 6-fevral kuni Savdo-sanoat palatasida Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Biznes-ombudsman devoni mas’ul xodimi D. Nasretdinov ham ishtirok etdi.

Mazkur kengash Prezidentimizning 2025-yil 11-iyuldagi PQ–223-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, 2025-yil 24-oktabrda qabul qilingan 672-son Hukumat qarori bilan uning faoliyatini tartibga soluvchi nizom tasdiqlangan.
