6-Fevral, 2026-yil

Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi


Bugun, 6-fevral kuni Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyevning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Muloqot davomida biznes vakillarini qiynayotgan muammolar va faoliyatdagi to‘siqlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Har bir murojaat sinchiklab tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.


Ma’lumot uchun: Biznes-ombudsmanning shaxsiy qabuli har hafta juma kuni soat 15:00 dan 18:00 ga qadar davom etadi va hududlardan ham onlayn ulanish imkoniyati mavjud.


Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение