6-Fevral, 2026-yil

Qashqadaryoda davlat-xususiy sheriklik loyihasi saqlab qolindi


Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “K.S.S.S.” MCHJ huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Aniqlanishicha, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 19.08.2025 yilda MCHJdan qarzdorlikni undirish hamda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish haqida sudga da’vo arizasi kiritilgan.


Vaholanki, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasiga ko‘ra, umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi bo‘ycha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish yoki uni bekor qilish vakolatli davlat organi bilan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi. Biroq mazkur holatda bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi berishdan oldin vakolatli davlat organi – Iqtisodiyot va moliya vazirligidan rozilik olinmagan.


Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 382-moddasida shartnoma ikkinchi taraf uni jiddiy ravishda buzgan taqdirdagina sud tartibida bekor qilinishi belgilangan. Lekin Sud mazkur holatda xususiy sherik tomonidan shartnoma shartlarining jiddiy buzilishi aniqlanmagan deb hisobladi.


Biznes-ombudsman xodimlarining suddagi ishtiroki va taqdim etilgan huquqiy asoslar natijasida Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni bekor qilish haqidagi da’vo talabini qanoatlantirish rad qilindi hamda xususiy sheriklik loyihasi saqlab qolindi, tadbirkor faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение