6-Fevral, 2026-yil

Biznes-ombudsman devoni tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda – FOTOREPORTAJ


Biznes-ombudsman devoni tomonidan respublika bo‘ylab tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish va ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.


Xususan, Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Navoiy viloyatlarida o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda yuzlab tadbirkorlar ishtirok etdi. Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-178 va PF-229-sonli Farmonlari ijrosini ta’minlash, davlat va biznes o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Sayyor qabullar davomida tadbirkorlar tomonidan yer ajratish, kreditlash, infratuzilma, soliq va bojxona tartib-taomillariga oid 100 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek, Xorazm viloyatida maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 1700 dan ortiq tadbirkorlar bilan ZOOM platformasi orqali masofaviy uchrashuv o‘tkazilib, sohadagi imtiyoz va talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Har bir murojaat mutasaddi vakillar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ko‘plab masalalar joyida hal etilmoqda.









Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение