5-Fevral, 2026-yil

Sirdaryo viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari o‘rganilmoqda


Biznes-ombudsman o‘rinbosari J.Urunov Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Prezidentning 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlarini o‘rgandi.


Tashrif davomida Sirdaryo va Mirzaobod tumanlarida tashkil etilgan shtablar faoliyati ko‘zdan kechirilib, «Farovon», «Furqat», «Shirin», «Mirzacho‘l», «Ulug‘bek»  va «Tinchlik» mahallalaridagi haqiqiy holat o‘rganildi.


J.Urunov mahalla yettiliklari bilan uchrashib, xatlov jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan fikr almashdi hamda bevosita mahallalarda uyma-uy yurib, jarayonning shaffofligini o‘rgandi.


Mazkur tadbirlar hududning iqtisodiy salohiyatini to‘g‘ri baholash va qishloq xo‘jaligi resurslarining aniq hisobini yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение