5-Fevral, 2026-yil

Mirzaobodlik tadbirkorlarning murojaatlari nazoratga olindi


Biznes-ombudsman o‘rinbosari J.Urunov Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.


Uchrashuvda 50 ga yaqin tadbirkor ishtirok etib, o‘z faoliyatidagi to‘siq va muammolarni bayon qildi. Muloqot yakunlariga ko‘ra kelib tushgan 15 ta murojaatning 10 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan 3 ta murojaat Biznes-ombudsman devoni tomonidan alohida nazoratga olindi.


Ta’kidlanganidek, har bir murojaat sinchiklab o‘rganiladi va tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение