5-Fevral, 2026-yil

Tadbirkorga hisoblangan asossiz millionlar bekor qilindi


Urganch tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “F.Sh.T” MChJ rahbari 2025-yil 16-yanvardan bank tomonidan ortiqcha hisoblangan foiz va penya qarzdorligini bekor qilishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.   


Aniqlanishicha, transport xizmati uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘mlik kredit bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagani uchun sud qaroriga asosan MChJdan bank foydasiga jami 598,2 mln so‘m mablag‘ undirilishi belgilangan va ushbu mablag‘ 2025-yil sentyabr oyida to‘liq undirilgan.  


Biroq, bank tomonidan sudning hal qiluv qarori chiqarilgan kundan (2025-yil 16-yanvar) so‘ng ham qarzdorlik summasiga 53,7 mln so‘mga yaqin qo‘shimcha foizlar hisoblangani ma’lum bo‘ldi.   


Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga asosan, kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sud qarori chiqarilganda, undiriladigan summaga nisbatan foizlar va neustoyka (penya) hisoblanishi to‘xtatiladi.   


Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida Biznes-ombudsman tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruviga taqdimnoma kiritildi. Natijada tadbirkorning huquqlari tiklanishi va asossiz hisoblangan qarzdorlikning bekor qilinishi ta’minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение