3-Fevral, 2026-yil

Hurmatli tadbirkorlar!



Hurmatli tadbirkorlar!   


Biznes-ombudsman huquqlaringizni himoya qilish va davlat organlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruvlarning qay darajada qonuniyligini o‘rganish maqsadida navbatdagi so‘rovnomani e’lon qiladi.   


 So‘nggi vaqtlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida quyidagi holatlarga duch keldingizmi?  


– Tekshiruvlar elektron kitobda ro‘yxatga olindimi?


– Sizga kerakli hujjatlar va asoslar taqdim etildimi?


– Tekshiruv davomida korrupsion alomatlar yoki «mehmondorchilik» talab qilish holatlari kuzatildimi?


– Advokat yoki jamoatchilik vakillari yordamiga ehtiyoj sezdingizmi?   


Biz uchun har bir tadbirkorning fikri muhim! Sizning javoblaringiz tekshiruv tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.   


So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilishi kafolatlanadi.   


So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfD6MDd_lCisJeg-ftZQGNQ9OJKch8wzfHdExXIW3iiz-vkvQ/viewform

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение