30-Yanvar, 2026-yil

Jizzaxda tadbirkorlar muammolari joyida hal etildi


Jizzax shahrida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida viloyat prokurori B.Ibroximov, Biznes-ombudsman bosh inspektori S.Usmanov hamda shahar hokimi K.Xolmurodov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.


Uchrashuv davomida 41 nafardan ortiq tadbirkorning 47 ta masala bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida 17 ta muammo joyida o‘z yechimini topdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ijrosi alohida nazoratga olindi.


Shuningdek, ishchi guruh "Sharof Rashidov" nomidagi to‘qimachilik kombinati MChJ faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, tadbirkorning istiqboldagi rejalarini qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilab oldi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение