30-Yanvar, 2026-yil

Jizzaxda tadbirkorga nisbatan hisoblangan 485 mln so‘mlik qo‘shimcha soliq va jarima bekor qilindi


 Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “I.B.” MChJ rahbari soliq organi tomonidan o‘tkazilgan audit tekshiruvidan noroziligini bildirib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.  


O‘rganish davomida soliq idorasi xodimi tomonidan tekshiruv o‘tkazish tartibi buzilganligi aniqlandi. Xususan, inspektor tomonidan tadbirkorga tekshiruv buyrug‘i taqdim etilmagan va uning huquq va majburiyatlari tushuntirilmagan. Tekshiruv yakunida tadbirkorga 198 mln so‘m qo‘shimcha soliq va 287 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llash haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.   


Mazkur holat yuzasidan Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorni qo‘llab-quvvatlovchi dalillarini inobatga olib, tekshiruv belgilangan tartib-taomillarga amal qilinmasdan o‘tkazilgani sababli, tadbirkorga nisbatan chiqarilgan qarorni bekor qildi va qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganlik holati bo‘yicha boshqarmaga xususiy ajrim chiqarildi. Shu bilan birga, tekshiruvni amalga oshirgan xodimga nisbatan MJtKning 241-2-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение