
Bugun, 29-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammo va murojaatlarini bevosita tingladi.

Ma’lumot o‘rnida, oxirgi besh yilda Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar soni 1,3 baravarga oshib, qariyb 80 mingtani tashkil etmoqda.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida duch kelinayotgan to‘siqlarni bartaraf etish va qonuniy manfaatlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






