29-Yanvar, 2026-yil

Termizda tadbirkorning ko‘chmas mulkini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘siqlar bartaraf etildi


Termiz shahrida faoliyat yurituvchi “U.U.F.” xususiy korxonasi o‘z ko‘chmas mulkini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda byurokratik to‘siqlarga duch keldi. Tadbirkorning Davlat xizmatlari markazi orqali yuborgan arizasi Davlat kadastrlari palatasi Termiz shahar filiali tomonidan rad etilgan.


Mazkur holat Biznes-ombudsman tomonidan o‘rganilganda, kadastr xodimlari tomonidan haqiqatan ham asossiz rad etishga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.


Amalga oshirilgan ishlar natijasida yo‘l qo‘yilgan xatolik uchun kadastr xodimi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasi bilan javobgarlikka tortildi. Tadbirkorning murojaati qayta ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi. Ko‘chmas mulk huquqi davlat ro‘yxatiga olinib, tadbirkorga Davlat reyestridan ko‘chirma berilishi ta’minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение