28-Yanvar, 2026-yil

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari


Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan va yer soligʻidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi (https://lex.uz/docs/-4674902).


Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:


 3 mln AQSH dollaridan 5 mln AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun – 3 yil muddatga;


 5 mln AQSH dollaridan 15 mln AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun – 5 yil muddatga;


 15 mln AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun – 10 yil muddatga ozod etiladi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение