28-Yanvar, 2026-yil

19 tonna paxta hosili nobud bo‘lishining oldi olindi


Navoiy viloyatida faoliyat yurituvchi “T.” fermer xo‘jaligi rahbari amaliy yordam so‘rab, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.   


Aniqlanishicha, Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan mazkur xo‘jalik to‘lovga qobiliyatsiz deb topilib, Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilgan.   


Buning oqibatida tadbirkorning bank hisob raqamlari yopilib, faoliyati to‘xtatilgani, yetishtirilgan 19 tonna paxta hosilini topshirish imkoniyati esa cheklab qo'yilgan. 


Holat yuzasidan Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan sud instansiyalarida tadbirkorning huquq va manfaatlari himoya qilindi.   


Ko‘rilgan choralar natijasida fermer xo‘jaligining faoliyati va davlat reyestridagi maqomi qayta tiklandi, bank hisob raqamlari faollashtirildi. 


Natijada, tadbirkorning mehnat mahsuli bo‘lgan 19 tonna paxta hosili nobudgarchiliksiz qabul qilinishi ta’minlanib, xo‘jalikning iqtisodiy zarar ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение