27-Yanvar, 2026-yil

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xususiy klinikalarga litsenziya berishdagi ortiqcha talablar bo‘yicha bildirilgan fikrlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.


Biznes-ombudsman devoniga tadbirkorlardan xususiy klinikalarga litsenziya berish tartibini soddalashtirish va asossiz talablarni qisqartirish bo‘yicha bir qator takliflar kelib tushgan.


Hozirgi vaqtda mazkur takliflar tegishli mas’ullardan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish va tahlillar natijalari asosida takliflar ishlab chiqilib, Hukumatga kiritilishi ma’lum qilinadi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение