27-Yanvar, 2026-yil

Biznes-ombudsman aralashuvi bilan tadbirkorga 758 mln so‘mlik soliq imtiyozi qo'llanilishi ta'minlandi


Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “M.K.” MChJ rahbari viloyat soliq boshqarmasi tomonidan jamiyatning soliq imtiyozidan foydalanishiga to‘sqinlik qilinayotganligidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Soliq kodeksining 337-moddasida 2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta o‘n milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar – joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi 100 milliard so‘mdan oshmasa, foyda solig‘i stavkasini 50 foizga pasaytirishga haqliligi belgilangan.


Tegishli hujjatlar va ma’lumotlar o'rganilib, Biznes-ombudsman aralashuvi bilan imtiyoz natijasida hosil bo‘lgan 758,3 mln so‘m ortiqcha to‘lov jamiyat hisob raqamiga qaytarilishi ta'minlandi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение