26-Yanvar, 2026-yil

Namanganda xususiy tibbiyot sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Namangan viloyatida Biznes-ombudsman devoni xodimlari hamda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida xususiy tibbiyot muassasalari va farmatsevtika sohasi vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.


Tadbir davomida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazishning qonuniy tartibi, shuningdek, faoliyatni litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlarida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar atroflicha muhokama qilindi. Soha vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga huquqiy tushuntirishlar oldilar.


 Namangan viloyatida 2026-yil 1-yanvar holatiga jami 575 ta xususiy tibbiyot muassasalari, davolash markazlari va diagnostika markazlari faoliyat yuritib kelmoqda, shuningdek, viloyatda jami 825 nafar tadbirkorlik subyektlari dorixonalar tashkil qilib, aholiga dori-darmon vositalari yetkazib bermoqda.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение