21-Yanvar, 2026-yil

Tadbirkor faoliyatiga to‘sqinlik qilgan inshoot ko‘chirildi


Biznes-ombudsman devoni tadbirkorlarning xususiy mulk huquqlarini himoya qilish va ularning erkin faoliyat yuritishi uchun qulay muhit yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda. Zero, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir.


Andijon viloyati Bo‘ston tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor U.S.ning savdo do‘koni yaqiniga ma’muriy bino o‘rnatilgan. Ushbu inshoot do‘konning ikkinchi kirish eshigini to‘sib qo‘ygan va tadbirkorning chakana savdo faoliyatini amalga oshirishida jiddiy noqulayliklar yuzaga keltirgan.


Tadbirkorning murojaati Biznes-ombudsman devoni tomonidan atroflicha o‘rganilishi natijasida do‘kon faoliyatiga xalaqit berayotgan bino boshqa hududga ko‘chirilib, tadbirkorga o‘z faoliyatini to‘siqlarsiz davom ettirishi uchun sharoit yaratildi. Shu tariqa, tadbirkorning qonuniy manfaatlari ijobiy hal etildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение