20-Yanvar, 2026-yil

Davlat xaridlarida shaffoflik va raqobat


Mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini isloh qilish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish va ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.


Mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlariga keng tushuntirish maqsadida hududlarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Navbatdagi uchrashuv Toshkent shahrida Biznes-ombudsman devoni, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda shahar hokimligi vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение