20-Yanvar, 2026-yil

Nazorat qiluvchi organlar faoliyati qanday baholanadi?

 

Biznes-ombudsman tomonidan har yili 1-fevralga qadar nazorat qiluvchi organlarning o‘tgan yildagi faoliyati tahlil qilinadi va ularning reytingi e’lon qilinadi.  

 

Reyting qanday ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladi?  

– Tekshiruvlarning qonuniyligi va o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilganligi;

– tadbirkorlik subyektlarining shikoyatlari;

– tekshiruv huquqiga ega mansabdor shaxslarning attestatsiya natijalari.  

 

 Baholash natijalari «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ochiq e’lon qilib boriladi. Bu tizim nazorat qiluvchi organlar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.  

 

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini baholash mezonlari bilan mazkur infografika orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение