19-Yanvar, 2026-yil

Tadbirkorga qo‘llanilgan 7,4 mlrd so‘mlik noqonuniy jarima bekor qilindi

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi "E.H.G" MCHJ o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi natijasidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Ma’lum bo‘lishicha, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik subyektida o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida 37,4 mlrd so‘mlik uy-joylar savdosi uchun elektron hisobvaraq-fakturalar muddatida rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan. Soliq organi ushbu holatni Soliq kodeksining 223-moddasiga asosan “yashiringan tushum” deb baholab, tadbirkorga nisbatan 7,4 mlrd so‘m miqdorida jarima qo‘llagan.


Tadbirkorning Soliq qo‘mitasiga qilgan shikoyati natija bermagach, nizo sudga ko‘chdi. Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining inspeksiya zimmasiga tekshiruv materiallarini qayta ko‘rib chiqish majburiyatini yuklaganiga qaramay, soliq organi o‘z qarorida qat’iy qolib, jarimani o‘z kuchida qoldirgan.


Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasida tadbirkorning qonuniy matfaatlari Biznes-ombudsman devoni tomonidan himoya qilindi. Sud Vakil devoni tomonidan kiritilgan huquqiy asoslarni ko‘rib chiqib, inspeksiya hamda Soliq qo‘mitasining qarorlarini haqiqiy emas deb topdi.


Yakuniy qarorga ko‘ra, tadbirkorga nisbatan qo‘llanilgan 7,4 mlrd so‘mlik jarima bekor qilindi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение