16-Yanvar, 2026-yil

Biznes-ombudsman sirdaryolik tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rgandi


Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Abdumannop Buriyev ishbilarmonlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.


Uchrashuvlar davomida Sayxunobod tumanidagi “Farovon” kichik sanoat zonasi, shuningdek, “Poly tex Sirdaryo” hamda Guliston shahridagi “OMONMEDFARM” korxonalari faoliyati ko‘zdan kechirildi, tadbirkorlarning taklif va mulohazalari tinglandi.


Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, yerdan foydalanish hamda moliyaviy munosabatlarga oid muammolar atroflicha muhokama qilindi.


Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan Guliston shahridagi savdo do‘konlari buzilishi bilan bog‘liq holat bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.


Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение