15-Yanvar, 2026-yil

Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi – FOTOREPORTAJ


Bugun, 15-yanvar kuni Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev Sirdaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan bevosita muloqot qildi.


Mazkur uchrashuv tadbirkorlarning masalasini tinglash, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish va yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.


Tadbirkorlar o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan dolzarb masalalar va to‘siqlar yuzasidan bevosita murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar.


Istiqbolli biznes loyihalar va sohani rivojlantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar atroflicha muhokama qilindi.


Murojaatlarni qonuniy va tezkor hal etish bo‘yicha mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


Biznes-ombudsman tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida bu kabi muloqotlarni davom ettiradi.







Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение