Litsenziya va ruxsatnoma olishda qiyinchiliklarga duch kelyapsizmi? Hujjat yig‘ish jarayoni haddan tashqari murakkab va ko‘p vaqt talab qilyaptimi? Biz vaziyatni o‘zgartirmoqchimiz!
Hozirda Biznes-ombudsman devoni tomonidan tibbiyot, farmatsevtika, sanitariya va boshqa yo‘nalishlarda litsenziya va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish va qisqartirish bo‘yicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqilmoqda.
Maqsad – byurokratik to‘siqlarni olib tashlash va sohada biznes yuritishni maksimal darajada yengillashtirish.
Sizning fikringiz muhim! Aynan sizning amaliy tajribangiz tizimni isloh qilishda asosiy rol o‘ynashi mumkin. Qaysi jarayonni ortiqcha deb hisoblaysiz? Nimalarni o‘zgartirish kerak?
O‘z takliflaringizni bizga yuboring: @biznesombudsman_bot