
Bugun, 9-yanvar kuni Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan bevosita muloqot qildi.

Qabul davomida tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda tadbirkorlarning fikr va takliflari tinglanib, murojaatlarni qonuniy hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Biznes-ombudsmanning qabul kunlari – har hafta juma kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha.