9-Yanvar, 2026-yil

Biznes-ombudsman yordami bilan tadbirkorga 2 mlrd so‘m kredit ajratildi

Namangan viloyati Chust tumanida faoliyat yurituvchi «Ch.S.G.» MCHJ tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun polietilen quvurlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi edi. Biroq, bank tomonidan kerakli asbob-uskunalarni sotib olish uchun kredit mablag‘lari ajratilmayotgani sababli tadbirkor Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3680-sonli qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalari faoliyatini kengaytirish maqsadida Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan imtiyozli muddatlarda kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan.


Biznes-ombudsman aralashuvi natijasida ATB «Agrobank» tomonidan tadbirkorga 84 oy muddatga 36 oylik imtiyozli davr bilan yillik 18 foiz stavkada 2 milliard so‘m miqdorda kredit ajratildi.


Natijada, hozirgi kunda tadbirkor tomonidan 3,5 mlrd so‘m miqdoridagi loyiha ishga tushirilib, 21 ta ishchi o‘rni yaratilishi ta’minlandi. Loyihaga ko‘ra tadbirkorlik subyekti tomonidan yiliga o‘rtacha 450-500 mln so‘m daromad qilishga erishilishi ko‘zda tutilgan.


Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda fermer xo‘jaliklariga ilg‘or texnologiyalar asosida suv tejovchi sifatli va zamonaviy polietilen mahsulotlari yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение