8-Yanvar, 2026-yil

Biznes-ombudsman tadbirkor manfaatini Oliy sudda himoya qildi

Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “R.N.Z.” fermer xo‘jaligi o‘tkazilgan soliq tekshiruvidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.


Murojaatni o‘rganish davomida Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-2-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Huquqbuzarlik holati inkor qilinganligi sababli, ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan. Avval jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi, so‘ng Buxoro viloyati sudining apellyatsiya instansiyasi soliq organi xodimi harakatlarida qonunbuzarlik yo‘qligini ta’kidlab, ishni tugatgan.


Ushbu quyi instansiya sudlari qarori yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan Oliy sudga taftish tartibida shikoyat qilindi. Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining qarori bilan quyi instansiya sudlari qarorlari bekor qilinib, soliq organi xodimiga jarima jazosi qo‘llanildi.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение