6-Yanvar, 2026-yil

Tadbirkorlarga nisbatan noqonuniy chiqarilgan ma’muriy qarorlar bekor qilindi

Biznes-ombudsman tomonidan nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ta’sir choralarini qo‘llash amaliyoti muntazam ravishda tahlil qilib borilmoqda.   


O‘tkazilgan o‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy chora ko‘rishda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks talablariga amal qilmasdan, vakolat doirasidan chetga chiqmoqdalar.   


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasi 3-bandida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ham ko‘rib chiqishi belgilangan.   


Farg‘ona viloyatidagi ayrim inspeksiyalarning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlarga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlar sudlarga yuborilmasdan, o‘zboshimchalik bilan ko‘rib chiqilgan va jazo qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilingan.   


Biznes-ombudsman tomonidan kiritilgan xulosalar asosida 8 ta holatda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari bartaraf etildi va inspeksiya tomonidan noqonuniy chiqarilgan ma’muriy qarorlar bekor qilindi.   


Agar tadbirkorlik faoliyatingizga asossiz aralashish yoki vakolati bo‘lmagan organlar tomonidan jazo choralari qo‘llash holatlariga duch kelsangiz, Biznes-ombudsmanga murojaat qiling.


Murojaatlarni 📞1100 qisqa raqami yoki  📞71 202 08 98 telefon raqami, info@biznesvakil.uz elektron manzili yoki telegram guruhi (https://t.me/biznesombudsmangamurojaat) orqali Biznes-ombudsmanga yuboring!

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение