29-Dekabr, 2025-yil

Biznes-ombudsman lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-260-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (Biznes-ombudsman) lavozimiga Buriyev Abdumannop Abduraxmatovich tayinlandi.


A. Buriyev shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

Шавкат Мирзиёв

Ўзбекистон Республикаси Президенти

“Ўзбекистонда тадбиркорлик ҳаракати орқага қайтариб бўлмайдиган катта кучга айланди. Тадбиркорларимиз қанча бой бўлса, халқимиз шунча фаровон яшайди, давлатимиз шунча қудратли бўлади. Тадбиркорнинг ютуғи – бу бутун халқимизнинг ютуғи”

Text to speech
Звуковое сопровождение